🌨️ Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati nazoratda
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Usmonov tomonidan Obod mahallasi hududida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, bino va xonalarning mavsumga tayyorgarligi, zarur yoqilg‘i hamda boshqa muhim vositalar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun qish mavsumida xavfsiz va qulay ta’lim olish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavsumga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda maktabda issiqlik va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.