O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Deputat tomonidan hokim yordamchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash va fuqarolarni tadbirkorlik hamda daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.