35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Nazorat_tahlil_tadbiri

#Nazorat_tahlil_tadbiri

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududidagi “Tariq teshar”, “Bodomzor” va “Qahramon” mahallalarida kotibiyat xodimi G.Shodiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A.Olimjonov tomonidan avtoyo‘l bo‘ylaridagi avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.

🔹 Bekatlarning texnik va sanitariya holati;
🔹 yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar;
🔹 piyodalar o‘tish joylari (“zebra”);
🔹 avtobus yo‘nalishlari va qatnov jadvallari;
🔹 yo‘lovchilar xavfsizligi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida mahallalarda jami 10 ta bekat mavjudligi, shundan 5 tasida bekat belgisi borligi, qolgan 5 tasida esa bekat belgisi ham, bekatning o‘zi ham mavjud emasligi aniqlandi.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz jamoat transporti sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.                                                             

Slide 1 of 7