Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda deputat D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash jarayoni o‘rganildi.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan rejalar asosida olib borilayotganligi hamda ishlarning amaldagi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullarga ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli bajarish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur ishlar deputatlar nazoratida.