Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda deputat D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi, yolg‘iz yashovchi fuqaro xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish ishlari tuman Ijtimoiy himoya agentligi bo‘limi bilan hamkorlikda olib borilib, fuqaroning yashash sharoiti hamda xonadonda bajarilayotgan ta’mirlash ishlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Fuqaroning munosib yashash sharoitini ta’minlash, aniqlangan ehtiyojlarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash masalalari nazoratga olindi.