Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova “Ramadon” mahallasi yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashdi.
✅Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar atroflicha o‘rganildi. Mahalla yettiligi a’zolari va faollar tomonidan hududda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
✅Xususan, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, markaziy ko‘chadagi bekatlarning holati, 473-yo‘nalishdagi avtobuslarning sig‘imi kamligi hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
✅Muammo va takliflarning har biri tegishli tartibda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilab olindi.
✅Uchrashuv yakunida deputat tomonidan jamoat transporti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborilishi taʼkidlandi.