Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Y.Jo'rayev va J.Mamadaliyev tomonidan Bo'ston mahallasi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimligi vakili D.Mardiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan mahallaga qo'shimcha elektr simyog'ochlarini o'rnatish, kadastr bilan bog'liq masalalarni hal etish hamda mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida yangi ish o'rinlarini yaratish yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda qo'shimcha o'rganish va vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimini ta'minlash bo'yicha tegishli choralar ko'rilishi belgilandi.