Yangiliklar

Meliorativ soha bo‘yicha sessiya oldi o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumanda meliorativ obyektlar rekonstruksiyasi hamda ta’mirlab-tiklash ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan Pastdarg‘om tumani Meliorativ ekspeditsiyasi bo‘lim boshlig‘i A. Xudaynazarovning hisoboti kiritilganligi munosabati bilan deputatlar tomonidan joylarda sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Deputat A. Turdiqulov tomonidan tumandagi zovurlar holati, ularning tozalash va rekonstruksiya ishlari, suv oqimini tartibga solish hamda meliorativ tizimning samaradorligi joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mavjud zovurlarni tozalash, ta’mirlash va ularning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish natijalari sessiyada sohada amalga oshirilgan ishlarni xolis baholanadi.

Slide 1 of 1