Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA JAVOB BERMASLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

📌 DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA JAVOB BERMASLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Xalq deputatlari Kengashi deputatining so‘rovi qonuniy hujjat hisoblanadi va unga belgilangan muddatlarda javob berilishi shart.

⏳ Deputat so‘rovi olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) yozma javob taqdim etilishi lozim.

Deputat so‘roviga o‘z vaqtida javob bermaslik, asossiz ravishda javob berishni rad etish yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

🤝 Qonun talablariga rioya etish — ochiqlik, shaffoflik va deputatlik nazoratining samaradorligini ta’minlaydi.