Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mutaxassislari hamkorligida Farovon mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

#24_ta_masala
#biriktirilgan_tashkilot

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mutaxassislari hamkorligida Farovon mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish hamda imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan "mahallabay" ishlash tizimi asosida yuritilayotgan faoliyat, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1