Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Eng og‘ir mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda davom etayotgan qurilish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Eng og‘ir mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda davom etayotgan qurilish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari, tasdiqlangan chizmalar hamda qurilish ishlarining belgilangan me'yor va talablarga muvofiqligi bilan yaqindan tanishildi.

Mas'ul mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, qurilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish hamda ishlar ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2