📄Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda deputat E.Babayevlar tomonidan tuman Kengashining sessiya qaroriga asosan 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oila xonadonini ta’mirlash hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida mazkur xonadonda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida davom etayotgani, hozirgi kunda esa isitish tizimini o‘rnatish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
🔷Shuningdek, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi, xonadon egasi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.