“Huquqbuzarliklarning oldini olishda yoshlarning o‘rni”
“Milliy tiklanish” DP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “Huquqbuzarliklarning oldini olishda yoshlarning o‘rni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda partiya Toshkent shahar Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Usmonov Nig’matulla Rixsiboyevich, katta inspektor, podpolkovnik Zarimova Guljahon Jengisovna hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga to‘xtalib, bu yo‘lda yoshlarning faolligi, huquqiy ongi va daxldorlik hissi hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.