Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan “Bir murojaat izidan” tamoyili asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimli ravishda olib borilmoqda.

✉️Jumladan, bolalar nafaqasi masalasida murojaat qilgan fuqaro A.N.ning xonadoniga borib, murojaat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida masalaning barcha jihatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammo ijobiy hal etildi.

✅Mazkur amaliy ishlar orqali fuqarolarning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 3