📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
📄Jumladan, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik yo‘nalishlari, shuningdek, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar tomonidan 27-sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Yig‘ilishlar davomida tegishli masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, sessiya kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati