Nazorat-tahlil jarayonida tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati hamda profilaktik ishlar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jarayon davomida shifokor O‘sarov Xayrulla hamda feldsherlar bilan suhbat o‘tkazilib, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Xususan, fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ortiqcha vazn va semizlikning oldini olish maqsadida tana vazni indeksi (TVI) bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi. Poliklinikada joylashtirilgan maxsus plakat orqali fuqarolar o‘z bo‘yi va vazniga qarab qaysi toifaga kirishini aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘layotgani qayd etildi. O‘rganish yakunida deputat tomonidan tibbiyot xodimlariga profilaktik targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.