Yashirin iqtisodiyotga qarshi muhim qadam
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sanjar Sobirjonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmoni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, ayrim to‘lovlarni bank kartalari va elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish tartibining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning mazmuni, ularning amaliy ahamiyati hamda bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 Telegram