Hamkorlik sari muhim tashabbus!
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti huzuridagi huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Boysunov o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Muloqot davomida aholining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, fuqarolar duch kelayotgan muammolarni hamkorlikda bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📌 Mazkur hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish
🔹 Bepul va sifatli huquqiy yordam ko‘rsatish
🔹 Muammolarni qonuniy asosda hal etishda ko‘maklashish
🤝 Ushbu tashabbus aholining huquqiy ongini mustahkamlash va jamiyatda adolatni ta’minlashga xizmat qiladi.