📌Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan tumandagi Tibbiyot birlashmasi tizimida aholiga bepul taqdim etiladigan dori vositalarining mavjudligi, ularning
ro‘yxati hamda fuqarolarga yetkazib berish tartibi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📄O‘rganish jarayonida Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi dorixonada bepul berilishi belgilangan dori vositalarining mavjudligi, ularning belgilangan ro‘yxat asosida berilayotgani,
shuningdek, mazkur jarayonning amaldagi tartib va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilganligi tahlil qilindi.
💊O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolarga bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxatini kengroq targ‘ib qilish hamda ularni olish tartibi bo‘yicha aniq va tushunarli ma’lumotlar berib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.