📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati A.Uljayeva hamda tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Qarshiboyevalar tomonidan"Shodlik" mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.
📄O‘rganish jarayonida joriy yilning birinchi choragi yakunlari o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, ajrimlar sonining oshganligi aniqlanib, mazkur holat atroflicha tahlil qilindi. Ushbu masala yuzasidan “Shodlik” MFY xotin-qizlar faoliga oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.