Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yildagi 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida masala muhokama qilindi.
Beruniy tumani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-chorak davomida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.