Yangiliklar

📅 2026-yil 6-aprel kuni Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining qo‘shma doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

📌 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–71-sonli Farmoni ijrosi doirasida 1-, 6-, 10-, 13-, 14-, 18-, 22-, 28-, 33-, 34-, 37- va 43-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarida korrupsiya holatlarini o‘rganish natijalariga bag‘ishlandi.

🗣 Mazkur masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Dadajonov Anvarali Hamidullaevich axborot berdi.

Slide 1 of 6