Viloyat Saylov Komissiyasi rais o‘rinbosari F.Abdusattorov, Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Tursunkulov va Oqoltin tumani Kengashi deputatlari G.Islamova va N.Turdievlar - "Ahallik" MFYda bo‘lib hududdagi mavjud muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Natijada infratuzilmani yaxshilash borasida quyidagi kamchiliklar aniqlandi.
1) Gaz - 13 km
2) Oqarsuv - 4,5 km
3) markaz bilan bog‘lovchi yo‘lning - 3 kmni ta’mirlash
4) 1965-yilda qurilgan OSHP binosini rekonstruksiya qilish va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash.
Aniqlangan muammolar - "Mahalla-tuman-viloyat-Respublika" darajasida taqsimot qilinib bartaraf etish yuzasidan takliflar Kengash kotibiyatiga taqdim etildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.