Yangiliklar

Deputat hududdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Deputat hududdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Baxramova o‘zi saylangan hududga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, hududdagi Shukrona ko‘chasida toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari olib borilayotgani o‘rganildi.

Tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan ayrim xonadonlar yaqinida eskirib, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan simyog‘och ustunlar mavjudligi ta’kidlandi.

Mazkur holat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6