Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi G‘.Sadullayev tomonidan O‘lchintepa mahallasida barpo etilayotgan oilaviy poliklinika qurilish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev "Bozorjoy" mahallasida bo‘ldi.
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

📂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ-234-son "Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida tumandagi Xojiobod mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, "mahalla yettiligi" hamda mas'ul mutaxassislar ishtirok etishdi.

📈 O‘rganish davomida mahalladagi obodonlashtirish ishlari, ichki ko‘chalarning holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi, mahallaning ichki yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🗣 Ma'lum qilinishicha, Xojiobod mahallasida 18 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, hududda 3 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. O‘rganish jarayonida mahallaning Ko‘rkam ko‘chasi ko‘zdan kechirildi. Jamoat transporti bekatlari va ular atrofidagi hududlarni tozalash hamda sanitariya holatini yaxshilash ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi va mazkur masala yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

📝 Shuningdek, ichki ariqlarni tozalash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda sel va oqova suvlarning erkin oqimini ta'minlash zarurligi ta'kidlandi. Mahalla hududida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini kuchaytirish maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatish masalasi ham muhokama qilinib, bu borada mahalla raisiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📊 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5