Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi G‘.Sadullayev tomonidan O‘lchintepa mahallasida barpo etilayotgan oilaviy poliklinika qurilish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev "Bozorjoy" mahallasida bo‘ldi.
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.

Tashrif davomida imtihonlarni tashkil etish sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, auditoriyalarning tayyorgarligi, shaffoflik va xolislik tamoyillariga rioya etilishi hamda belgilangan tartib-qoidalarning ijrosi bilan yaqindan tanishildi.

Deputat ta’lim muassasalari rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan muloqot qilib, imtihonlarni adolatli va ochiq tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish hamda ota-onalar ishonchini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bilimini xolis baholash, imtihon jarayonlarining belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida o‘tkazilishi hamda xavfsizlik va tartib-intizomni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi tomonidan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari va imtihonlarning shaffof hamda sifatli tashkil etilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1