Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi G‘.Sadullayev tomonidan O‘lchintepa mahallasida barpo etilayotgan oilaviy poliklinika qurilish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev "Bozorjoy" mahallasida bo‘ldi.
Mir Said Baraka MFYda korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.


Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari, mavjud infratuzilma, mehnat sharoitlari, ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari atroflicha o‘rganildi.

Muloqot davomida korxona rahbariyati tomonidan faoliyatni yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Deputat korxona faoliyati davomida uchrayotgan mavjud muammolar va takliflarni tinglab, ularni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, mutasaddilar bilan korxonaning barqaror faoliyatini ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda

Slide 1 of 2