35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi G‘.Sadullayev tomonidan O‘lchintepa mahallasida barpo etilayotgan oilaviy poliklinika qurilish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev "Bozorjoy" mahallasida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga O‘zbekiston Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha TAKLIF

 O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
 

  

O‘zbekiston
Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish
bo‘yicha
 

 TAKLIF 

  

1. Muammoning asoslanishi (Amaldagi holat tahlili) 

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar va onlayn
do‘konlar (Telegram, Instagram) orqali uy sharoitida tayyorlangan ovqatlar,
tortlar va yarim tayyor go‘sht mahsulotlari keng sotilmoqda. Ushbu mahsulotlar
sanitariya nazoratidan butunlay chetda qolgan va aholining ommaviy zaharlanish
xavfini tug‘dirmoqda.
 

2. Moddaning matniga taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha 

Moddaga «Elektron tijorat (internet) orqali
sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiyenik xavfsizligini
nazorat qilish» bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarni yuklash. Onlayn sotuvchilar
uchun ham mahsulot xavfsizligi bo‘yicha majburiy deklaratsiya olish tartibini
belgilash.
 

3. Kutilayotgan natijalar 

Onlayn bozorda iste’molchilar xavfsizligini
kafolatlanadi.