35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi G‘.Sadullayev tomonidan O‘lchintepa mahallasida barpo etilayotgan oilaviy poliklinika qurilish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev "Bozorjoy" mahallasida bo‘ldi.
KENGASH QARORI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

 Jumladan, Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi VII-3-023-12-170-K/24-son qarori asosida tanlab olingan mahallalarda aholi tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida:
tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash;
elektr energiyasini barqaror yetkazib berish;
internet sifati va qamrovini oshirish;
ichki yo‘llarni ta’mirlash;
hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar nazorat asosida davom ettirilmoqda.