Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi G‘.Sadullayev tomonidan O‘lchintepa mahallasida barpo etilayotgan oilaviy poliklinika qurilish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev "Bozorjoy" mahallasida bo‘ldi.
Deputat va ijtimoiy xodim nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.

Tuman Kengashi 24-Gazli saylov okrugi deputati Sh.Xaydarov mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi. Ushbu tashrif davomida ularning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari va muammolari o‘rganildi.

Suhbat jarayonida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Ayrim muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Deputat bunday tashriflar doimiy ravishda davom ettirilishini ta’kidladi. Chunki aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1