Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish va muhokama etish maqsadida tegishli doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, ekspertlar guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari, shuningdek, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.
Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri — Oltinsoy tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida hisoboti eshitildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar umumlashtirilib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz