Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputat_daftar



Aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi bilan ochiq muloqotlar olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 2-Qurama saylov okrugi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna tomonidan saylov okrugidagi xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida:

✅ Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Aholining murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Deputatlik so‘rovi yuborildi. Aniqlangan muammoni qonuniy tartibda hal etish va fuqarolar murojaati yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi ustidan nazorat olib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3