Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi o‘rganildi.

O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Sh.Matirzayev hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonovlar 11-sonli Xolimbeg saylov okrugida bo'lib, Xolimbeg ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi bilan tanishdi.

Ushbu Poliklinika binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-248-sonli Qarori asosida rekonstruksiya qilish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3