Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Urazbayev raisligida, Kengashning doimiy komissiyalari raislari, siyosiy partiya rahbarlari hamda ular bilan bir qatorda kotibiyat xodimlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda hafta davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud natijalar sarhisob qilindi. Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejalari belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, hududni rivojlantirish hamda aholi muammolariga samarali yechimlar topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o'rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.