Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash raisining navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi

O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi A.Yuldashev tomonidan navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoya masalalari, davolanish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, aholini bandlik bilan ta’minlash, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan taklif va so‘rovlar tinglandi.

Qabul jarayonida ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4