Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maishiy chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlash, hududlarda sanitariya tozaligi va ekologik barqarorlikni yaxshilash maqsadida, O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Kazakov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonov va Ekologik partiyasi rahbari M.Sadullayevlar tomonidan joyiga chiqqan holda maishiy chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi to‘plash maydonchalarining holati hamda hududlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlar aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlarini samarali tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.

Slide 1 of 3