Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov, S.Jumamuratova va Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar tomonidan Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan navbatdagi sessiya oldidan Beruniy mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini saqlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Mas’ul xodimlarning faoliyatiga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3