Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati

O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Kazakov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonov va Ekologik partiyasi rahbari M.Sadullayevlar 1-Navoiy saylov okrugi "Chordara" mahallasida olib borilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

O‘rganish davomida deputatlar qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Ta’kidlanganidek, piyodalar yo‘lakchasining barpo etilishi mahalla aholisi, xususan, bolalar, keksalar va boshqa fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3