Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan “Xidirsho” mahallasida joylashgan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasasining:
Isitish tizimi va qozonxonalar holati;
Qishki yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;
Mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan boshqa ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini talab darajasida o‘tkazish yuzasidan taʼlim muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz