Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
HAFTALIK DAYJEST:
Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:
🏫 TA’LIM SIFATI, DAVOMAT VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — E’TIBOR MARKAZIDA 📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan tumandagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. 👥 Ishchi guruhi tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari 75-sonli umumta’lim maktabida bo'ldi.
🏛 DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och – Qarabog‘” saylov okrugidan saylangan deputati K.Xashimova “Qarabog‘” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌 DEPUTATLIK NAZORATI TADBIRI O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Sherobod tumani bo‘limida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
📌 “G‘AMBUR” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “G‘ambur” mahallasida 24 ta yo‘nalish doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N.Himmatova saylov okrugiga qarashli “Yoshlik” mahallasi yoshlar yetakchisi M. Shermatovning faoliyati o‘rganildi.
🏗 QURILISH MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH JARAYONI BILAN TANISHILDI
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Qizilolma” mahallasida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlik subyekti faoliyati yaqindan o‘rganildi.
🌿 PAXTA QABUL QILISH PUNKТIDAGI JARAYONLAR O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan “Oyinli” mahallasida joylashgan paxta qabul qilish punktiga tashrif amalga oshirildi.
📢 GULISTON MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Kengashining 5-Guliston-Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarov saylov okrugiga qarashli Guliston mahallasida deputatlik faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi.
🏛 Kengash raisi va Adliya bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Berdiyev bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
🚧 MAYDON QISHLOG‘IDAGI YO‘LNI ASFALTLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och–Qarabog‘” saylov okrugi deputati K.Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan Qarabog‘ mahallasining Maydon qishlog‘ida deputatlik nazorati olib borildi.
🏛 DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📑 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN FIKR ALMASHILDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov raisligida Kengash huzuridagi Ekspertlar va yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan muhokama tashkil etildi.