35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Hokim_va_Kengash_hamkorlikda #Biriktirilgan_tashkilot

Tadbirda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Akrom Turdiyev, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati U.Xudoyberdiyev, tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Mo‘minov va kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirok etdi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida "Mustaqillik 10-yilligi" mahallasida joylashgan 67-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Olib borilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida maktabda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram▶️

Slide 1 of 8