Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Umidullo Xudayberdiyev tomonidan “Ipoq” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholi murojaatlari o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanmoqda.
Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, sanitariya va ozodalikka rioya etish, hududning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida obodonchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram▶️ YouTube 🌐oltinsoy.uz