35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILMOQDA

 “O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Ilm mahallasida Ilmu ahil ko'chasi ko‘chaboshisi T.Qarshiyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, suv resurslaridan foydalanish holati, sug‘orish tizimlari va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida aholini suv bilan ta’minlash, suvdan oqilona foydalanish, sug‘orish jarayonlarida yuzaga kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3