"Mirishkor" mahallasidagi 30-maktabda deputat Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan ayollar o‘rtasida uchraydigan onkologik kasalliklarning profilaktikasi va ularni erta aniqlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida mutaxassislar tomonidan onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari hamda erta bosqichda aniqlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish zarurligi yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati