Ekologiya partiyasidan saylangan deputat Komilov
Mirzohid okrugida joylashgan madanyat markazi urganildi.
Jaraenida Kotibiyati mudiri M. Nishanova hamda bosh mutaxassis
G. Erkinova ishtirok etdilar. Ular tomonidan madaniyat markazining bugungi kundagi
faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar
hamda moddiy-texnika bazasi urganildi
Madaniyat markazida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar,
yoshlar va aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, muassasa faoliyatida uchrayotgan ayrim
muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif
va tavsiyalar ishlab chiqildi.