Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.
O‘rganishlar davomida"Yangiobod" mahallasidagi Ziyo, Fayzliashiyon, Ma'rifat, Xalqobod, Ziyolilar hamda Mirtemir ko'chalarning shag'allashtirilmagani sababli aholi va avtotransport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan.
Deputat o‘z so‘rovida ushbu ko‘chani shag'allashtirishda amaliy yordam berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.