Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati M.Isroilovaning deputat so‘roviga asosan, “Jizzax suv ta’minoti” AJ Zarbdor tuman filiali tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, tumandagi ko‘p qavatli uy-joylarni zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlash borasida quyidagi ishlar rejalashtirilmoqda:
📌Loyiha manzili: “Sharq Yulduzi” MFY hududi.
✍️ Reja: 3 ta ko‘p qavatli (36 xonadonli) uy-joylar uchun yangi oqova suv (kanalizatsiya) tizimini barpo etish.
👍 Texnik ko‘rsatkichlar: 1,5 km uzunlikdagi tarmoq va 1 ta bioland (tozalash inshooti) qurish.
💰 Loyiha qiymati: 2 000,0 mlrd so‘m.
✅ Amalga oshirilgan chora-tadbirlar: Hozirgi kunda mazkur loyihani davlat dasturlariga kiritish va zarur mablag‘larni ajratish bo‘yicha tuman hokimligi hamda “Jizzax suv ta’minoti” AJga rasmiy so‘rovnomalar yuborildi.