Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 9-Nurobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Sarimova tomonidan Nurobod mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, deputat xotin-qizlar faoli bilan birgalikda fuqarodan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.

Murojaatni o‘rganish yakunida masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi hamda masala nazoratga olindi.

Slide 1 of 2