Yangiliklar

NAZORAT VA NATIJA

“Urganch shahrida ommaviy daraxtlar kesildimi?” sarlavhasi ostida qoldirilgan post yuzasidan xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari yakuniga yetdi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bo‘limi tomonidan kesilgan daraxtlar ko‘zdan kechirilib, nazarda tutilayotgan daraxtlarning biologik hayot faoliyatini to‘xtatganlik holati yuzasidan joriy yilning 10-mart kuni, 0028447-sonli dalolatnoma imzolanganligi aniqlandi.

Shundan kelib chiqqan holda, shahar obodonlashtirish bo‘limi hodimlari tomonidan nazarda tutilayotgan daraxtlar olib chiqib ketilganligi ma’lum bo‘ldi.

Slide 1 of 1