14-Zarafshon saylov okrugi deputati A.Nozimov tomonidan Zarafshon mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturi asosida qurilayotgan Oilaviy poliklinika binosida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish jarayonida poliklinika binosida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash hamda loyiha ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🔹Shuningdek, qurilish jarayonida foydalanilayotgan materiallar sifati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilot mutasaddilariga tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash zarurligi ta’kidlandi.
🔹Mazkur poliklinika foydalanishga topshirilgach, Zarafshon mahallasi hamda unga tutash hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada qulay va sifatli ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
🔹Deputat tomonidan kelgusida ham qurilish ishlari bosqichma-bosqich nazorat qilib borilishi ma’lum qilindi.